E'lon!
2026-yil 6-noyabr kuni Antiplag.uz tizimida navbatdagi rejalashtirilgan texnik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.
Texnik ishlar davomida tizim faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi hamda hujjatlarni tekshirish natijalarini olish vaqti odatdagidan uzoqroq davom etishi mumkin.
Shu munosabat bilan, shoshilinch tekshirilishi zarur bo‘lgan hujjatlarni imkon qadar texnik ishlar boshlanishidan oldin tekshirib olishingizni tavsiya etamiz.
Shuningdek, 6-noyabr kuni ham tizim orqali hujjatlarni tekshirish imkoniyati saqlanadi. Biroq tekshiruv jarayonida ehtimoliy uzilishlar va natijalar tayyor bo‘lishidagi kechikishlarni oldindan inobatga olishingizni so‘raymiz.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Hurmat bilan,
Antiplag.uz jamoasi