To‘lov usullari

Antiplag.uz platformasida to‘lovlar Payme, Click va UzumBank to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. To‘lovni amalga oshirishda tanlangan to‘lov tizimining xavfsizlik va tasdiqlash mexanizmlari qo‘llaniladi.

To'lovlarni qaytarish

Pul to‘liq qaytariladigan hollar

Quyidagi hollarda to‘langan mablag‘ to‘liq qaytariladi:

  • to‘lov texnik xato tufayli ikki marta amalga oshirilgan bo‘lsa;
  • to‘lov o‘tgan, lekin balansga qo‘shilmagan bo‘lsa;
  • to‘lovdan keyin Xizmatning pullik funksiyalaridan umuman foydalanilmagan bo‘lsa.

Qisman qaytarish

Qisman qaytarish mumkin emas. Faqat to'lov paytida amalga oshirilgan miqdordagi pul to'liq qaytarilishi mumkin, qisman emas.

Qaytarilmaydigan hollar

  • balansda to'lovni qaytarish summasiga yetarli mablag' mavjud bo'lmasa;

Murojaat tartibi

  • 1-qadam. @antiplag_uz guruhiga murojaat yuboring.
  • 2-qadam. Murojaatda ko‘rsating: to‘lov sanasi va summasi, tranzaksiya raqami yoki chek, sizning tizimdagi id va qaytarish sababi.
  • 3-qadam. Murojaat 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va natija haqida yozma javob beriladi.
  • 4-qadam. Ijobiy qaror qabul qilinsa, mablag‘ to‘lov amalga oshirilgan o‘sha kartaga qaytariladi. Boshqa kartaga yoki naqd pul shaklida qaytarish amalga oshirilmaydi.

Mablag‘ qaytarish muddati — ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng 10 ish kunigacha. Aniq muddat karta chiqargan bankning ichki qoidalariga bog‘liq. Qaytarish uchun hech qanday komissiya olinmaydi.

Firibgarlik operatsiyalarini oldini olish va nazorat qilish

Antiplag.uz platformasida to‘lovlarning xavfsizligini ta’minlash va firibgarlik operatsiyalarining oldini olish maqsadida to‘lov operatsiyalari monitoring qilinadi.

Shubhali yoki noodatiy deb topilgan operatsiyalar qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazilishi, vaqtincha cheklanishi yoki bekor qilinishi mumkin.

To‘lovlarni amalga oshirish jarayonida bank va to‘lov tashkilotlarining firibgarlik operatsiyalarini aniqlash va oldini olishga qaratilgan xavfsizlik mexanizmlari hamda belgilangan cheklovlar qo‘llanilishi mumkin.

Firibgarlik alomatlari aniqlangan yoki to‘lovning qonuniyligi yuzasidan asosli shubha mavjud bo‘lgan hollarda Antiplag.uz tegishli operatsiyani amalga oshirishni rad etish yoki vaqtincha to‘xtatish huquqiga ega.

Foydalanuvchi to‘lov ma'lumotlarining maxfiyligini saqlashi va o‘z hisobidan uchinchi shaxslarning foydalanishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.