Tizimning qaror talablariga mos kelishi

-O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida” va “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga javob beradi
-O‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz va boshqa tillaridagi matnlarni plagiatga tekshirish imkoniyati mavjudligi
-Foydalanuvchi uchun tizimning kamida O‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz tillarida yo’riqnomasi mavjudligi
-Ko‘chirilgan matnlarning qaysi manbalardan olinganini aniqlash va aniq ifodalash imkoniyati
-ishlardagi ma'lumotlarni bilvosita, ya'ni mazmuni o'zgartirilmasdan so'z va iboralar almashtirilib bayon qilingan matnlardagi ko'chirmachilikni aniqlash tizimi joriy etilganligi
-Sun’iy intellekt- AI texnologiyalari yordamida generatsiya qilingan matnlarni aniqlash
-xalqaro e'tirof etilgan bazalar bilan bog'langanligi, ma'lumotlar bazasida turli tillardagi manbalar, jumladan, maxsus ma'lumotlar bazalari, xalqaro ilmiy nashriyotlar, kutubxonalar to'plamlarining mavjudligi
-milliy ilmiy nashrlar bazasiga va zarur hollarda boshqa tizimlarga integratsiya qilish imkoniyatining mavjudligi
-ishlarni tekshirish natijasida matn tahliliga doir to'liq hisobotni va belgilangan namunadagi hulosani (sertifikatni) taqdim etish imkoniyatini mavjudligi