"O'zbekiston Respublikasida milliy antiplagiat tizimi" davra suhbati

O'zbekistonda ilmiy tadqiqot ishlarini qo'llab-quvvatlash va ilmiy ishlarni e'lon qilishda halollikni ta'minlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda "Antiplag.uz" ko'chirmachilikka qarshi (antiplagiat) tizimi joriy qilinganligi munosabati bilan 2021-yilning 5-oktyabr kuni 14:30 da foydalanuvchilarga antiplagiat tizimlarining dolzarbligi, ularning ishlash prinsplari, xorijiy tajribalar hamda "Antiplag.uz" tizimi bilan tanishtirish, undan foydalanish ko'nikmalarini oshirishga qaratilgan ochiq davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati "Антиплагиат.ру" kompaniyasi va boshqa xorijiy ekspertlar ishtirokida tashkil etiladi. Davra suhbatiga quyidagi havola orqali kirishingiz mumkin: https://us02web.zoom.us/j/83001471166?pwd=dGNGck5UT0Zjcm9MekZIY0cvTkswQT09